“Radar”lar topadigan pul nimaga sarflanishi belgilandi

Jamiyat

image

Vazirlar Mahkamasining "Yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash sohasini yanada rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi qarori loyihasi e’lon qilindi.

Bu hujjat bilan yo‘l harakati qoidabuzarliklari bo‘yicha undirilgan jarima summasi yangi tartibda taqsimlanadi.

Tuman (shahar) hokimliklari tomonidan o‘rnatilgan maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish dasturiy-texnik tizimlari joriy etilib, ishga tushirilgan kundan boshlab:

30 foizi – bevosita tuman (shahar) mahalliy byudjetiga, mazkur mablag‘lar yo‘l harakatini raqamlashtirish, yo‘l infratuzilmasini rivojlantirishga, yo‘l-patrul xizmati xodimlarining qo‘shimcha shtatlarini kiritishga maqsadli yo‘naltiriladi;

50 foizi – O‘zbekiston Respublikasining byudjetiga;

10 foizi – O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining byudjetdan tashqari jamg‘armasiga;

5 foizi – O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Jamoat xavfsizligi departamenti Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati DYHXX moddiy texnika bazasini rivojlantirish, xodimlarni rag‘batlantirish va mukofotlash jamg‘armasiga;

5 foizi — O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizligi xizmati huzuridagi “Kiberxavfsizlik markazi” davlat unitar korxonasiga yo‘naltiriladi.

Shuningdek, davlat-xususiy sheriklik asosida jalb qilingan investorlar tomonidan o‘rnatilgan maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish dasturiy-texnik tizimlari joriy etilib, ishga tushirilgan kundan boshlab, davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risidagi bitimning amal qilish muddatigacha:

30 foizi – bevosita tuman (shahar) mahalliy byudjetiga, mazkur mablag‘lar yo‘l harakatini raqamlashtirish, yo‘l infratuzilmasini rivojlantirishga, yo‘l-patrul xizmati xodimlarining qo‘shimcha shtatlarini kiritishga maqsadli yo‘naltiriladi;

25 foizi – davlat-xususiy sheriklik asosida jalb qilingan investorlarning hisobvarag‘iga;

20 foizi – O‘zbekiston Respublikasining respublika byudjetiga;

10 foizi – O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining byudjetdan tashqari jamg‘armasiga;

10 foizi – O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Jamoat xavfsizligi departamenti Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati DYHXX moddiy texnika bazasini rivojlantirish, xodimlarni rag‘batlantirish va mukofotlash  jamg‘armasiga;

5 foizi — O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizligi xizmati huzuridagi “Kiberxavfsizlik markazi” davlat unitar korxonasiga yo‘naltiriladi.

Bunda, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Jamoat xavfsizligi departamenti Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati DYHXX moddiy texnika bazasini rivojlantirish, xodimlarni rag‘batlantirish va mukofotlash jamg‘armasiga yo‘naltirilgan mablag‘lar Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati Ma’muriy amaliyot bo‘limi xodimlarini rag‘batlantirish, mukofotlash hamda ularning moddiy-texnika bazasini rivojlantirishga maqsadli sarflanadi.


Maqola muallifi

Teglar

radar Yo'l harakati xavfsizligi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made