Rahmon Japarovni mevalar bilan siyladi

Olam

image

Kecha, 8 iyul kuni kechasi Tojikiston Prezidenti Imomali Rahmon va Qirg‘iziston Prezidenti Sadir Japarov Tojikiston hukumatining shahar tashqarisidagi qarorgohida norasmiy tarzda uchrashdi. Bu haqda Prezidentlar matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, oliy martabali mehmon sharafiga Imomali Rahmon “Do‘stlik kechasi” nomli norasmiy tadbir uyushtirgan.

Davlat rahbarlari qishloq xo‘jaligi mahsulotlari – meva, sabzavot, quruq mevalar hamda milliy oshxonaning o‘ziga xos taomlari namoyish etilgan ko‘rgazmani tomosha qilgan.

“Sadir Japarov Tojikistonning agrar salohiyati bilan tanishdi va samimiy kutib olish hamda an’anaviy tojik mehmondo‘stligi uchun minnatdorlik bildirdi”, deyiladi Tojikiston Prezidenti matbuot xizmati xabarida.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Sadir Japarov Imomali Rahmon bilan uchrashish uchun Tojikistonga borgani va ikki davlat rahbarlari 4 yil davomida yopiq turgan “Qoramiq”  – “Tojvaron” chegara punktining ochilish marosimida virtual tarzda ishtirok etgani xabar qilingan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Imomali Rahmon Sadir Japarov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing