Rahmon “Shohnoma” asarini har bir fuqaroga sovg‘a qilishni buyurdi

Olam

image

Tojikiston Prezidenti Imomali Rahmon Abulqosim Firdavsiyning “Shohnoma” asarini nashr etish va uni mamlakatning barcha aholisiga sovg‘a qilishni buyurdi. Bu haqda davlat rahbarining matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, “Shohnoma” kitobi imkon qadar ko‘proq odamlar o‘z ajdodlari tarixi, madaniyati va sivilizatsiyasidan xabardor bo‘lishi uchun taqdim etiladi.

Imomali Rahmon hukumatning maqsadi tojik xalqining tarixi va ilmiy, adabiy, madaniy va sivilizatsiyaviy merosini asrab-avaylash ekanini bildirgan.

“Biz bu shonli tarix va bu bebaho merosimizdan imkon qadar ko‘proq va oqilona foydalanishimiz, xalqimizning birdamligi, hamjihatligi, faxri, ajdodlarimiz Vatani ravnaqi, yangi milliy davlatchiligimiz asoslarini mustahkamlashimiz, xalqimiz g‘urur va iftixorini yuksaltirishimiz zarur”, deydi u.

Eslatib o‘tamiz, “Shohnoma” Tojikiston aholisiga sovg‘a qilishni buyurilgan birinchi kitob emas. Imomali Rahmon 2020 yilda har bir oilaga Bobojon G‘ofurovning “Tojiklar” kitobini berishni ham aytgan.

Prezident yordamchisi Abdujabbor Rahmonzodaning aytishicha, 2020 yilda Tojikistondagi har bir oilaga kitob berish uchun 1 million 600 ming nusxa tiraj yetarli  bo‘lgan.


Maqola muallifi

Teglar

Imomali Rahmon Shohnoma asari

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing