Rahmon Mudofaa vazirini almashtirdi

Olam

image

Tojikiston Prezidenti Imomali Rahmon Mudofaa vaziri lavozimida o‘zgarish amalga oshirdi va Bosh prokurorni almashtirish taklifini parlamentning yuqori palatasiga taqdim etdi. Bu haqda “Asia-Plus” xabar berdi.

Xabarga ko‘ra, Prezident farmoni va hukumat qarori asosida Tojikiston Mudofaa vazirligi rahbarligiga Imomali Sobirzoda tayinlangan. Ushbu lavozimdagi sobiq rahbar Sherali Mirzo esa Davlat sirlarini himoya qilish bo‘yicha bosh boshqarmaning boshlig‘i lavozimiga o‘tkazilgan.

Shuningdek, Rahmon Bosh prokuror Yusuf Rahmonni boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan iste’foga chiqarish va ushbu lavozimga Tojikiston Bosh prokurori o‘rinbosari – respublikaning Bosh harbiy prokurori lavozimida ishlayotgan Habibullo Vohidzodani tayinlash taklifini parlament yuqori palatasiga yuborgan.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 21 yanvar kuni Imomali Rahmon hukumat, sudlar va boshqa idoralarda bir qator kadrlar o‘zgarishini amalga oshirgan edi. Jumladan, Mehnat, migratsiya va aholini ish bilan ta’minlash vaziri Gulnora Hasanzoda pensiyaga chiqishi sababli lavozimidan ozod qilingan. Uning o‘rniga Soliha Holmuhammadzoda tayinlangan.


Maqola muallifi

Teglar

Tojikiston Imomali Rahmon Mudofaa vaziri

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing