Rahmon xavotirda. U terrorizmga qarshi birlashishga chaqirdi
Olam
−
20 Sentabr 2023
5018Tojikiston Prezidenti Imomali Rahmon BMT Bosh Assambleyasining 78-sessiyasi doirasida Nyu-Yorkda bo‘lib o‘tgan Markaziy Osiyo davlatlari va AQSH (C5+1) rahbarlarining qo‘shma uchrashuvida terrorizm va jinoyatchilikka qarshi kurashda hamkorlik qilishga chaqirdi, shuningdek, Afg‘onistonda tinchlik o‘rnatishni ilgari surdi. Bu haqda Tojikiston rahbari matbuot xizmati xabar berdi.
“Tojikiston Prezidenti Imomali Rahmon o‘z nutqida davlat rahbarlari e’tiborini tahdid va xavflarning kuchayishi, terrorizm va ekstremizm, narkotik moddalarning noqonuniy aylanishiga qarshi kurash, mintaqaviy xavfsizlikni ta’minlash, Afg‘onistondagi siyosiy vaziyat va davlat himoyasiga qaratdi. Tojikiston bilan chegaradosh va bu jarayonda xalqaro hamkorlar bilan hamkorlik va yordam ko‘rsatish zarurligi qayd etildi”, deyiladi xabarda.
Tojikiston rahbari C5+1 sammiti deklaratsiyasi qabul qilinishini qo‘llab-quvvatlashini bildirdi.
Rahmon “Afg‘onistondagi barqarorlik mintaqalararo aloqalarni rivojlantirishning muhim omili” ekanini ta’kidladi. Shu munosabat bilan Tojikiston qo‘shni davlatda tinchlik va barqarorlik tezroq tiklanishidan manfaatdor. Rahmon o‘z nutqida, shuningdek, Dushanbe Afg‘oniston xalqiga yordam yetkazish uchun barcha logistika imkoniyatlarini taqdim etganini eslatdi.
Nyu-Yorkdagi uchrashuvda, shuningdek, AQSH Prezidenti Jo Bayden, Qozog‘iston rahbari Qosim-Jomart To‘qayev, O‘zbekiston Prezidenti Shakvat Merziyoyev, Qirg‘iziston Prezidenti Sadir Japarov va Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedov ishtirok etdi.
LiveBarchasi