“Rahmat, kapitan”. Argentina Messining merosi abadiy qolishini aytdi
Sport
−
09:45 321 1 daqiqa
Lionel Messining merosi Argentina terma jamoasi muxlislari qalbida abadiy qoladi. Bu haqda Argentina terma jamoasi matbuot xizmati ma’lum qildi.
Avvalroq Messi Argentina terma jamoasidagi faoliyatini yakunlashini ma’lum qilgan edi.
“Hayotimizdagi eng ajoyib sayohatni bizga taqdim etganingiz uchun tashakkur. Sizning merosingiz va professionalligingiz qalbimizda abadiy muhrlanib qoladi. Rahmat, kapitan”, deyiladi terma jamoa bayonotida.
Ma’lumot uchun, 39 yoshli Messi 2023 yildan beri Shimoliy Amerika Oliy futbol ligasi (MLS) vakili “Inter Mayami”da to‘p tepib kelmoqda. Yevropada argentinalik futbolchi Fransiyaning PSJ va Ispaniyaning “Barselona” klublarida o‘ynagan. “Barselona” bilan u to‘rt marta Chempionlar ligasi, uch martadan UEFA Superkubogi va Klublar o‘rtasidagi jahon chempionatida g‘olib chiqqan.
Hujumchi 2022 yilgi jahon chempioni, 2014 va 2026 yilgi jahon chempionatlarining kumush medali sohibi, 2008 yilgi Olimpiada chempioni hamda 2021 va 2024 yillardagi Kopa Amerika g‘olibi hisoblanadi.
Messi Argentina terma jamoasi safida 207 ta uchrashuvda maydonga tushgan Messi 125 ta gol urgan. U har ikki ko‘rsatkich bo‘yicha ham terma jamoa rekordchisi hisoblanadi. Hujumchi jahon chempionatlarida olti marta ishtirok etgan.