Rahimova “US Open”da dunyoning birinchi raketkasiga qarshi kortga chiqdi
Sport
−
10:00 2093 1 daqiqa
Kecha, 4 sentyabr kuni o‘zbekistonlik tennischi Kamilla Rahimova AQSH Ochiq chempionatining 1/16 finalida dunyoning birinchi raketkasi, musobaqaning amaldagi chempioni Arina Sobolenkoga qarshi kortga chiqdi. Rahimova ikki set davom etgan bahsda amaldagi chempionga imkoniyatni boy berdi.
90 daqiqa davom etgan bahsda belaruslik tennischi 6:3, 6:4 hisobida g‘alaba qozonib, 1/8 finalga yo‘l oldi. Bahs davomida Sobolenko 10 ta, Rahimova esa 2 ta eys qayd etdi. Qo‘shxato bo‘yicha Kamilla 6 marta xato qilgan bo‘lsa, belaruslik tennischida bu ko‘rsatkich 1 tani tashkil etdi. Sobolenko 7 ta breyk-poyntdan 2 tasidan foydalangan, Rahimova esa raqibining servisini buzish imkoniga ega bo‘lmadi.
Shu tariqa, Sobolenko va Rahimova o‘rtasidagi o‘zaro uchrashuvlar soni 4 taga yetdi. Barcha bahslarda belaruslik tennischi g‘alaba qozongan.
Shu bilan Kamilla Rahimovaning “US Open-2026”dagi ishtiroki yakunlandi. Sobolenko esa 1/8 finalda amerikalik Teylor Taunsend bilan kuch sinashadi.
Live
Barchasi