O‘zbekistonda koronavirus bemorlari soni keskin o‘sdi

Jamiyat

image

Bugun, 16 iyun soat 23:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 165 nafarga oshib, 5493 nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.

Yangi kasallanish holatlarining 27 nafari Karantin markazidagi fuqarolar (barchasi xorijdan kelgan) orasida, 104 nafari Qashqadaryo viloyatida koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olinganlar orasida, 13 nafari Toshkent shahrida (shundan 7 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lgan, 6 nafari aholi orasida), 7 nafari Toshkent viloyatida, 5 nafari Sirdaryo viloyatida xorijdan O‘zbekistonga kirib kelgan xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchilarida, 5 nafari Namangan viloyatida (shundan 4 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lgan, 1 nafari aholi orasida), 4 nafari Buxoro viloyatida (shundan 1 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lgan, 3 nafari aholi orasida) aniqlangan.

Ayni paytda mamlakatda 4096 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (74 foiz) sog‘aygan.

Hozirda mamlakatda 1378 nafar bemorga shifokorlar tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda. 


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus O'zbekistonda

Baholaganlar

370

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing