O‘zbekiston eng ko‘p kimlar bilan savdo qilishi ma’lum bo‘ldi

Jamiyat

image

O‘zbekistonning tashqi savdodagi asosiy sheriklari Xitoy, Rossiya va  Qozog‘iston bo‘lib qolmoqda. Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlari shundan darak bermoqda.

Bugungi kunda O‘zbekiston jahonning 190 ga yaqin mamlakat bilan savdo aloqalarini amalga oshirib kelmoqda. Respublika tashqi savdo aylanmasining dunyo davlatlari qatoriga nisbatan salmoqli hissasi Xitoy Xalq Respublikasida (19,2 foiz), Rossiya Federatsiyasida (15,2 foiz), Qozog‘istonda (8,4 foiz), Koreya Respublikasida (6,6 foiz), Turkiyada (5,9 foiz), Germaniyada (2,4 foiz) va Qirg‘izistonda (2,0 foiz) qayd yetilgan.

2019 yilning yanvar-noyabr oylari yakunlariga ko‘ra Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi mamlakatlari bilan savdo hajmi 13 mlrd 85,2 mln AQSH dollarini tashkil qildi va O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasidagi ulushi 34,2 foizga yetdi.

Qo‘shni davlatlar bilan ijtimoiy-iqtisodiy aloqalarning mustahkamlanishi o‘zaro savdo-sotiq aloqalariga ham ijobiy ta’sir ko‘rsatmoqda. MDH mamlakatlari bilan tashqi savdoning qariyb 34,2 foiz, shundan eksportning 34,8 foiz va importning 33,7 foiz qo‘shni mamlakatlar hissasiga to‘g‘ri keladi.

Boshqa xorijiy davlatlarning tashqi savdo aylanmasidagi ulushi 65,8 foizga yetib (25 mlrd 184,7 mln AQSH dollari) o‘tgan yilning mos davridagi tashqi savdo aylanmasiga nisbatan 142,0 foizga oshgan.

O‘zbekiston bilan tashqi savdo aylanmasi eng yuqori bo‘lgan davlatlar
(2019 yil yanvar-noyabr, mln AQSH dollarida)


Maqola muallifi

Teglar

eksport tashqi savdo import

Baholaganlar

39

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing