Vladimir Putin sobiq ittifoq mamlakatlari rahbarlariga tabrik yo‘lladi

Olam

image

Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin xorijiy mamlakatlar davlat rahbarlarini yangi – 2020 yil bilan tabrikladi. 

U sobiq ittifoq mamlaktalari rahbarlaridan – Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev, Armaniston Prezident Armen Sarkasyan va mamlakat Bosh vaziri Nikol Pashinyan, Belarus Respublikasi Prezidenti Aleksandr Lukashenko, Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev, Qirg‘iziston Respublikasi Prezidenti Sooronbay Jeenbekov, Moldova Respublikasi Prezidenti Igor Dodon, Tojikiston Respublikasi Prezidenti Imomali Rahmon, Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevga bayram tabriklarini yo‘llagan. 

Vladimir Putin Shavkat Mirziyoyevga yo‘llagan tabrigida Rossiya va O‘zbekiston o‘rtasidagi strategik sheriklik va ittifoqning izchil rivojlanib borayotganini mamnuniyat bilan qayd etgan. Yaqinda ikki mamlakat siyosiy, savdo-iqtisodiy va energetika sohalarida o‘zaro manfaatli ikki tomonlama aloqalarni kengaytirish uchun juda ko‘p ishlarni amalga oshirganiga to‘xtalgan. 

Vladimir Putin Shavkat Mirziyoyevning 2020 yilda Rossiya Federatsiyasiga amalga oshirajak davlat tashrifi erishilgan yutuqlarni yanada mustahkamlashi va davlatlar o‘rtasidagi hamkorlik istiqbollarini belgilab berishiga umid bildirgan.


Maqola muallifi

Teglar

Vladimir Putin Yangi yil

Baholaganlar

87

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing