Qoraqalpog‘iston pilla yetishtirish rejasini 100 foizdan ortig‘iga bajardi

Jamiyat

image

Qoraqalpog‘iston Respublikasi pillakorlari pilla yetishtirish reja-topshirig‘ini 100,61 foizga bajardi. Bu haqda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Axborot xizmati xabar bermoqda.  

Xabar qilinishicha, Qoraqalpog‘iston Respublikasi pillakorlari tomonidan joriy yilning 1, 2-mavsumi bo‘yicha davlatga pilla yetishtirish reja-topshirig‘i 100,61 foizga ya’ni, rejadagi 700 tonna amalda 704,3 tonnaga bajarildi.

O‘tgan 2019 yil bahorgi pilla  boqish mavsumida respublika pillakorlari davlatga reja topshirig‘ini 605 tonnaga bajargan bo‘lsa, joriy yil o‘tgan yilga nisbatan 100 tonna ko‘p hosil olishga erishildi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 17 yanvardagi PQ-4567-sonli qarori bilan mazkur sohaga qator imtiyozlar berilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Qoraqalpog'iston

Baholaganlar

21

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing