SSSRning “xoini” Kembrijda vafot etdi
Olam
−
28 Oktabr 2019
33406Sovet dissidenti, inson huquqlari faoli va yozuvchi Vladimir Bukovskiy kecha, 27 oktyabr kuni 76 yoshida Kembrijdagi shifoxonada uzoq davom etgan kasallikdan so‘ng vafot etdi. Bu haqda Kommersant nashri xabar bermoqda.
"Vladimir Konstantinovich Bukovskiy ... 2019 yil 27 oktyabr kuni 9:46da Kembrij shahridagi Addenbrooks kasalxonasida yurak yetishmovchiligidan vafot etdi. U 76 yoshda edi", deyiladi xabarda.
Vladimir Bukovskiy SSSRda dissident harakatining asoschilaridan biri edi. U "Moskva jarayoni" kitobining muallifidir. U KPSS Markaziy Komiteti va KGB maxfiy arxivlarini nashr etgan. "Va shamol qaytadi" esdaliklar kitobi, G‘arbdagi muhojirlarning hayoti haqida "Rus sayohatchisining maktublari" asarlarini yozgan. Bukovskiy jami 12 yil qamoqda va majburiy davolanishda bo‘ldi, 1976 yilda SSSRdan haydalgach, Buyuk Britaniyaga doimiy yashash uchun ko‘chib o‘tgan.
LiveBarchasi