Nazarbekda katta yong‘in yuz berdi

Jamiyat

−

image

Bugun, 21 iyun kuni Toshkent viloyati, Zangiota tumani, “Nazarbek” mahallasi Birlik ko‘chasida joylashganuylarda yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda Davlat yong‘in xavfsizligi xizmati xabar bermoqda. 

3

Soat 14:44 da kelib tushgan xabarga ko‘ra, voqea joyiga 7 ta yong‘in o‘chirish bo‘linmalari yetib borgan. Birinchi bo‘linmalar ko‘rsatilgan manzilga 3 daqiqada yetib borganida yashash uylarning tom qismi, shuningdek ushbu ko‘chadan harakatlanib kelgan “GAZ-53” rusumli yuk avtomobili va ustiga ortilgan somon presslari  yonayotganligi ma’lum bo‘lgan.

4

Yong‘in o‘chiruvchilarning tezkor harakatlari natijasida yong‘in bartaraf etilib, uylarning 800 kv metr maydoni saqlab qolingan. Tan jarohati olganlar va halok bo‘lganlar yo‘q.

5

Holat yuzasidan dastlabki surishtiruv ishlari olib borilganda quyidagilar ma’lum bo‘lgan.

6

Ushbu ko‘chada harakatlanayotgan “GAZ-53” rusumli yuk avtomobili bortiga ortilgan somon presslarining ustki qismi elektr sim yog‘ochning simlariga tegishidan hosil bo‘lgan qisqa tutashuv natijasida yong‘in yuzaga kelgan va alanga yashash uylariga o‘tib ketishi oqibatida 100-uyning 240 kv metr, 102-uyning 15 kv metr, 104-uyning 20 kv metr va 107-uyning 100 kv metr maydonda tom qismi hamda “Gaz-53” rusumli davlat raqami 10 K 663 NA bo‘lgan yuk avtomoshinasi va yukxonasida bo‘lgan 300 dona somon presslari yonib zararlangan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

185

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing