Rossiyaning eng yirik aviatashuvchisida yirik yong‘in yuz berdi (video)
Olam
−
13 dekabr 2019
6644Kecha, 12 dekabr kuni Rossiyaning eng yirik aviatashuvchi kreyseri “Admiral Kuznetsov”da yong‘in yuz berdi. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, hodisada 12 kishi jabrlandi, bir harbiy halok bo‘ldi.
Qayd etilishicha, yong‘in kemani ta’mirlash vaqtida yuzaga kelgan. Payvandlash vaqtida sachragan uchqundan elektrkabel yonib ketgan. Kabel turli paluba va qismlardan o‘tgani sababli yong‘inni o‘chirish qiyinchilik tug‘dirgan.
“Yulduzcha” kema ustaxonasida yong‘in aviatashuvchining energiya bo‘lmasida yuzaga kelgan. Yong‘in vaqtida kemada 400 nafar ishchi bo‘lgan va ularning bari evakuatsiya qilingan.
Alanga maydoni dastlab 20 kv. m.ni tashkil qilgan, keyinroq 120 kv. m.gacha yoyilgan.
O‘t o‘chirish ishlari murakkabligi bo‘yicha ikkinchi darajada olib borilgan. Yong‘in bugun, 13 dekabr kuni soat 5:00 larda o‘chirilgan. Alanganing umumiy maydoni 300 kv. m.ni tashkil qilgan.
Yong‘inda jami 12 kishi jabrlangan, ularning 6 nafari reanimatsiya bo‘limiga yotqizilgan. Uch kishining taqdiri noma’lumgicha qolyapti. Rossiya Tergov qo‘mitasi xavfsizlik qoidasining buzilishi bo‘yicha jinoiy ish ochdi.
LiveBarchasi
Putin xalqiga murojaat qildi.
21 noyabr