Toshkentda Turkiya universiteti filiali ochiladi
Jamiyat
−
22 fevral 2020
7318O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi Turkiya Iqtisodiyot va texnologiyalar universitetining Toshkentdagi filialini ochish yuzasidan memorandum imzoladi
Prezident Shavkat Mirziyoyevning Turkiyaga qilgan rasmiy tashrifi doirasida 19 fevral kuni Anqara shahrida o‘tkazilgan Oliy darajadagi O‘zbekiston – Turkiya birinchi strategik hamkorlik yig‘ilishi natijalari bo‘yicha qo‘shma bayonot imzolandi.
Tadbir doirasida ikki davlat o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy aloqalar bo‘yicha ham qator kelishuvlar o‘rin oldi. Xususan, O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi, Turkiya Palatalari va birjalari ittifoqi “TOBB” qoshidagi Turkiya Iqtisodiyot va texnologiyalar universitetining Toshkentdagi filialini ochish yuzasidan memorandum imzoladi.
O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasining Turkiya Iqtisodiyot va texnologiyalar universitetining filialini ochish tashabbusi 2019 yilning oktyabr oyida Toshkentda bo‘lib o‘tgan Turkiy tilli davlatlar Ishbilarmonlar kengashi doirasida o‘tkazilgan muzokaralarda ilgari surilgan va kelishilgan edi.
Poytaxtda ochilishi ko‘zda tutilgan universitet filiali dual ta’lim tizimi asosida biznes va tadbirkorlik yo‘nalishlarida mutaxassislar tayyorlaydi.
Eslatib o‘tamiz, Shavkat Mirziyoyev joriy yilning 18-19 fevral kunlari Turkiyaga tashrif amalga oshirdi. Tashrif davomida Prezident Mirziyoyev qator rasmiy tadbirlar bilan birga Prezident “Xalq kutubxonasi” ochilish marosimida ham ishtirok etdi. Shuningdek, Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘anga noyob kitoblarni sovg‘a qildi.
LiveBarchasi