QALAMPIR.UZ`da yoritilgan muammo kun o‘tmay yechimini topdi

Jamiyat

16 (5)

Kecha, 2 sentyabr kuni QALAMPIR.UZ`da Toshkent shahar, Olmazor tumanidagi “Moyariq” mahallasida suv quvuri yorilib, asfaltni o‘pirib yuborgani va natijada “hovuz” yuzaga kelgani haqida “Suvsoz” Olmazordagi “hovuz”ni qachon berkitadi? Kanalizatsiyaga oqqan suvning qadri yo‘qmi?” nomli maqola e’lon qilingandi.

Mazkur maqola e’lon qilingach, kechaning o‘zida soat 22:00 da tuman hokimligi, prokuratura xodimlari va “Suvsoz” DUK Olmazor tumani suv tarmoqlarini ekspluatatsiya qilish bo‘limi rahbari Luqmon Hakimov voqea joyiga – “Moyariq” mahallasiga borgan.

Mutaxassislar butun mahallaning suvini o‘irib, tungi soat 02:30 gacha quvurning yorilgan qismini yamab, kerakli texnikalarni olib kelib, “hovuz”dagi suvni chiqarib tashlashgan va ketishgan.

Tonggi soat 06:00larda “Suvsoz” xodimlari kelib, soat 12:00 largacha chuqurni shag‘al bilan to‘ldirishgan. Biroq hozircha o‘pirilgan joy asfalt qilinmagan. Yerni tekislashdan avval, chuqurga to‘ldirilgan shag‘al suv bilan to‘laligicha o‘rniga tushiriladi. O‘ylashimizcha, buning uchun bir necha kun kifoya qiladi.

Ammo bir narsa kishiga og‘ir botadi. Bir necha soatda ta’mirlanishi mumkin bo‘lgan quvur bir hafta material yo‘q degan vaj bilan tuzatilmagan. Bu holatni rahbarlarning loqaydligidan boshqa biror sabab bilan izohlab bo‘lmasa kerak.

Nima bo‘lgan taqdirda ham muammoga OAVda yoritilgandan keyin yechim topildi.


Maqola muallifi

Teglar

Suvsoz Olmazor

Baholaganlar

29

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing