Putinning Turkiyaga tashrifi uchun maxsus jadval ishlab chiqilmoqda

Olam

image

Rossiya Prezidenti Vladimir Putinning Turkiyaga tashrifi uchun maxsus jadval ishlab chiqilmoqda. Bu haqda Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘anning maslahatchisi Akif Chag‘atoy Qilichga tayanib, TASS xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, Moskva va Anqara Putinning Turkiyaga tashrifi yuzasidan tayyorgarliklarni davom ettirmoqda. Biroq tashrif sanasi Rossiyadagi ichki vaziyat sabab hali aniqlanmagan.

“Bu boradagi ishlar hozirda davom etmoqda. Rossiyada ichki vaziyat tufayli maxsus jadval ishlab chiqilmoqda, tashrif sanasi bo‘yicha muzokara olib boryapmiz”, deydi Erdo‘g‘anning maslahatchisi.

Shuningdek, Akif Chag‘atoy uchrashuvda joriy yilning 18 iyulida bekor qilingan don yo‘lagi kelishuvini qayta tiklash borasidagi masala ham ko‘rib chiqilishini aytib o‘tgan.

Eslatib o‘tamiz, Rossiya tomoni bugun, 18 iyuldan boshlab don yo‘lagi kelishuvi to‘xtatilishini ma’lum qilgandi. Bu Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi Antoniu Guterrish, AQSH Davlat kotibi Entoni Blinken va Yevropa komissiyasi rahbari Ursula fon der Lyayen Moskvaning bu qarorini qoraladi. Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy esa Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an va BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrishga don yo‘lagi kelishuvini yoki unga o‘xshash loyihani uch tomonlama shaklda davom ettirish taklifi bilan rasmiy maktub yubordi.


Maqola muallifi

Teglar

Putin Erdo'g'an

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing