Putinning tahdidlari ortidan AQSH Rossiya yadro qurollarini kuzatishni kuchaytirdi

Olam

image

AQSH va uning ittifoqchilarining razvedka xizmatlari Ukraina hududiga ehtimoliy yadroviy zarbaga tayyorgarlikni kuzatish uchun Rossiya ustidan nazoratni kuchaytirdi. Bu haqda kecha, 27 sentyabr kuni “Politico” nashri AQSHning amaldagi va sobiq besh nafar amaldori so‘zlariga tayanib xabar berdi.

“Biz buni diqqat bilan kuzatyapmiz”, deydi Rossiya yadroviy kuchlari haqidagi razvedka ma’lumotlariga ega bo‘lgan Oq uy rasmiysining so‘zlaridan iqtibos keltirgan nashr.

“Politico” suhbatdoshiga ko‘ra, kuzatuv havoda, koinotda va kibermakonda amalga oshiriladi. Shu bilan birga, manbalar Rossiya, shubhasiz, Ukrainada strategik emas, balki taktik yadroviy qurollardan (TYAQ) foydalanish imkoniyatini ko‘rib chiqayotgani bilan bog‘liq qiyinchiliklarga ishora qildi.

Qayd etilishicha, aksariyat rus samolyotlari nafaqat oddiy raketalar bilan, balki kichikroq taktik yadroviy qurollar bilan jihozlanishi mumkin. Bu esa yadroviy zarbaga tayyorgarlik ko‘rilayotganiga ishora qiluvchi alohida belgilarsiz bo‘ladi.

Nashrga ko‘ra, AQSH va uning ittifoqchilari yerdagi rus bo‘linmalarini kuzatish uchun tijoriy sun’iy yo‘ldoshlaridan foydalanyapti. O‘tgan hafta AQSH razvedka samolyotlari Rossiya gipertovushli raketalarni joylashtirgan Kaliningrad viloyatini bir necha bor kuzatgan.

21 sentyabr kuni Putin safarbarlik boshlanishi munosabati bilan xalqqa qilgan murojaatida Rossiya hukumati o‘z hududlarini himoya qilish uchun “ixtiyorida bo‘lgan barcha vositalarni” ishga solishga tayyorligini, “bu blef emas”ligini ta’kidladi.

 


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya-Ukraina urushi Ukrainaga bosqin

Baholaganlar

216

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing