“Putinning tahdidiga javob qaytarish kerak”. Tramp Baydenga maslahat berdi
Olam
−
26 aprel 2022
14024AQSH Prezidenti Jo Bayden Rossiya Prezidenti Vladimir Putinning yadroviy hujum tahdidlariga qattiq javob berishi kerak. Bu haqda AQSHning sobiq Prezidenti Donald Tramp ta’kidlagan.
“Putin har doim N so‘zidan (nuclear – yadroviy) foydalanadi. Lekin bu ishlamayapti, bu shunchaki ishlamayapti. Biroq, u bu so‘zni har kuni ishlatadi”, degan Tramp.
Trampning aytishicha, Putin dunyoning yadroviy urush qo‘rquvidan foydalanmoqda — bu esa uni yadroviy tahdidlarga tez-tez murojaat qilishga undamoqda.
“Bayden biz tarixdagi eng yaxshi qurol va eng yaxshi suv osti kuchlariga egamiz, deb javob berishi kerak. Agar men Prezident bo‘lganimda, “biz sizdan (Rossiyadan) ancha kuchlimiz, derdim, shuning uchun siz hech qachon “yadro quroli” so‘zini ishlatmasligingiz kerak. Agar shunday qilsangiz, muammoga duch kelasiz”, derdim”, deb qo‘shimcha qilgan Tramp.
Avvalroq, Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov “yadro urushining jiddiy xavflari” paydo bo‘lganiga ishora qilgandi.
LiveBarchasi
Medvedev Xitoyga bordi.
10:15