Putinning sobiq xotiniga uylangan tadbirkorning mulki tortib olinganiga izoh berildi

Olam

image

Rossiya fuqarolarining Fransiyadagi mulklarini musodara qilish noqonuniydir. Bu haqda Kreml voizi Dmitriy Peskov aytib o‘tdi.

Qayd etilishicha, brifingda Peskovdan fransuz OAVlarining Biarrits yaqinidagi rossiyalik tadbirkor Artur Ocheretniyga tegishli villaning hibsga olinishi haqidagi xabariga izoh so‘ralgan.

"Xususiy mulkka nisbatan har qanday tajovuz umumiy qonunlarni buzish hisoblanadi va bu o‘z-o‘zidan noqonuniy xatti-harakatdir”, deb javob bergan Peskov.

Uning qo‘shimcha qilishicha, bu kabi qarorlari bilan Fransiya hukumati o‘z huquq tizimiga zid ish qilyapti. Peskov Rossiya tomoni bu boradagi pozitsiyasini bir necha bor bildirganiga e’tibor qaratgan.

Ma’lumot uchun, Biarrits yaqinida joylashgan villa rossiyalik tadbirkor Artur Ocheretniy – Rossiya Prezidenti Vladimir Putinning sobiq xotini – Lyudmila Ocheretnayaning ayni paytdagi eriga tegishli edi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Putin

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing