Putinning samolyoti Moskvadan uchib ketdi

Olam

image

“Rossiya” maxsus uchish otryadining kamida uchta samolyoti Moskvadan Sankt-Peterburgga uchib ketdi. Bu haqda “Nastoyaeye vremya” xabar berdi.

Aytilishicha, samolyotlardan biri 2022 yilda Prezident Putin Samarqandga uchib kelgan RA-96022 dum raqamiga ega IL-96 layneri bo‘lgan. Tver viloyatida samolyot pastlay boshlagan. Shundan so‘ng u transponderni o‘chirib, radardan g‘oyib bo‘lgan. 

Ta’kidlanishicha, bu samolyot Valday qarorgohidan uncha uzoq bo‘lmagan “Xotilovo-2” harbiy aerodromiga uchayotganini ko‘rsatishi mumkin. Ma’lumotlarga ko‘ra, mazkur samolyot Qurolli Kuchlarni boshqarish uchun jihozlangan.

Sankt-Peterburg tomon yo‘l olgan RA-64520 dum raqamiga ega TU-214 samolyot ham xuddi shunday qildi. RA-73025 raqamli Airbus A319 layneri esa soat 15:01 da Pulkovo aeroportiga qo‘ngan. Ilgari undan Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov foydalangan.

Rossiya Prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov esa Putin hozirda Kremlda ishlayotganini ma’lum qilgan. 

Shuningdek, Rossiya Bosh vaziri Mixail Mishustin va uning o‘rinbosari Denis Manturovlar ham Moskvadan jo‘nab ketgani haqida xabarlar tarqalgan. Keyinroq Mishustin matbuot xizmati Bosh vazir o‘z ish joyida ekani va hukumat a’zolari bilan uchrashuvlar o‘tkazayotganini e’lon qilgan. Samolyoti Turkiyaga uchib ketgan Manturovning qayerda ekani haqidagi ma’lumotlar hali rasman ochiqlanmagan.

Flightradar24 esa Vladimir Putinning yaqin do‘sti bo‘lgan tadbirkor Arkadiy Rotenbergning samolyoti Prigojinning Moskvaga qarshi “kampaniyasi” boshlanishi fonida Ozarbayjonga uchganini xabar qilgan. Ma’lumotlarga ko‘ra, Rotenbergning samolyoti Moskva vaqti bilan 12:33 da Moskvaning “Vnukovo” aeroportidan havoga ko‘tarilgan va Baku aeroportiga 15:27 da qo‘ngan.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Putin

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing