Jarqo‘rg‘onda sudyalar obro‘sizlantirilishi bo‘yicha jinoiy ish ochildi
Jamiyat
−
15 iyul 2020
11886Xabaringiz bor, joriy yilning 12 iyul kuni Surxondaryo viloyatining Jarqo‘rg‘on tumanida sudyalar tuman markaziga o‘tkazilmay, omma oldida obro‘sizlantirilgan va sud xodimi kaltaklangan edi.
O‘zbekiston Bosh prokuraturasining ma’lum qilishicha, Mazkur holat yuzasidan Surxondaryo viloyati prokuraturasi tomonidan o‘tkazilgan tekshirish natijasiga ko‘ra, JKning 206-moddasi (Hokimiyat yoki mansab vakolati doirasidan chetga chiqish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Tergov harakatlari Bosh prokuratura tomonidan nazoratga olingan.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 10 iyul kuni soat 8:30 larda Jinoyat ishlari bo‘yicha Jarqo‘rg‘on tumani sudining raisi Ya.Bekkamov hamda haydovchi R.Rahimnazarov shu sudga biriktirilgan Nexia-3 rusumli davlat raqami 530 YAA xizmat avtotransport vositasida, Jarqo‘rg‘on tumani ma’muriy sudining raisi X.Rahimova hamda haydovchisi shu sudga biriktirilgan Nexia-3 rusumli davlat raqami 307 VAA xizmat avtotransport vositasida tuman sudi binosi tomon harakatlanib kelayotganida tuman markaziga kiraverishda blok postda ular to‘xtatilgan va postdan o‘tkazilmagan.
Shu vaqtda postda bo‘lgan tuman hokimi Z.Davlatov boshchiligidagi ishchi guruh Vazirlar Mahkamasining maxsus komissiyasi qaroriga zid ravishda, tuman sudi xizmat avtomashinalarini postdan o‘tkazmay, xizmat avtomashinasi daxlsizligini buzib, ishga borishga imkoniyat bermay, yo‘ldan o‘tishga to‘sqinlik qilib, ishchi guruh a’zolaridan bittasi xizmat avtomashinasining orqa o‘ng eshigini ochib qo‘lidagi uyali aloqa telefoni bilan tasvirga tushirib, postdan o‘tish uchun navbat kutib turgan tirband fuqarolar oldida sudya va sud xodimlarini obro‘sizlantirishga uringan.
LiveBarchasi