Putinning odami Turkiyadan Kiyevga qurol yetkazib berishni bas qilishni so‘radi
Olam
−
11 yanvar 2023
11773Rossiya Federatsiyasining Inson huquqlari bo‘yicha komissari Tatyana Moskalkova Turkiya parlamenti rahbari Mustafo Shentopdan mojaro yanada kuchayib ketmasligi uchun Ukrainaga qurol yetkazib berishni to‘xtatishni so‘raganini aytdi.
“Men janob Shentopga vaziyat yanada keskinlashmasligi uchun Ukrainaga qurol yetkazib berishni to‘xtatish iltimosi bilan murojaat qildim”, deb yozdi u bugun, 11 fevral kuni o‘zining Telegram-kanalida.
Ombudsmanning qayd etishicha, Anqarada Ukraina Ombudsmani Dmitriy Lubinets va Turkiya Ombudsmani Sharif Malko‘ch ham ishtirok etgan uchrashuvda o‘t ochishni to‘xtatish zarurati haqida juda muhim so‘zlar aytilgan.
“Bu inson huquqlari buzilishining oldini olishning zarur shartidir. Avvalo, yashash huquqi”, deb yozadi Moskalkova.
Ma’lumot uchun, Rossiya, Ukraina va Turkiya Ombudsmanlari Tatyana Moskalkova, Dmitriy Lubinets va Sharif Malko‘ch bugun, 11 yanvar kuni Anqarada “21-asrda inson huquqlari kelajagi” xalqaro konferensiyasi doirasida uch tomonlama uchrashuv o‘tkazdi.
Eslatib o‘tamiz, kecha, 10 yanvar kuni “Foreign Policy” jurnali AQSH va Yevroparasmiylariga tayanib, 2022 yil noyabr oyidan boshlab Turkiya Ukrainaga AQSH tomonidan ishlab chiqarilgan “Sovuq urush” davridagi kassetali o‘q-dorilarni yetkazib berishni boshlaganini yozib chiqdi.
LiveBarchasi