Putinning odami HAMAS vakillari bilan uchrashdi

Olam

image

Rossiya Prezidentining Yaqin Sharq bo‘yicha maxsus vakili, Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Mixail Bogdanov Qatarda HAMAS harakatining siyosiy rahbariyati bilan uchrashuv o‘tkazdi. Bu haqda u bugun, 26 oktyabr kuni matbuot anjumanida ma’lum qildi. 

“Albatta, biz siyosiy rahbariyat bilan uchrashdik”, degan u jurnalistlarning HAMAS vakillari bilan uchrashuv  o‘tkazish haqidagi savoliga javob berar ekan.

Bogdanovning aytishicha,  tomonlar garovga olinganlarning taqdirini muhokama qilgan.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, G‘azoda HAMAS kamida 224 kishini garovda ushlab turibdi.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq HAMASning G‘azo sektoridagi qanoti vakili Abu Ubayda garovga olingan ikki AQSH fuqarosi ozod etilganini ma’lum qilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya HAMAS Mixail Bogdanov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing