Putinning ishtahasi karnay. U xorijiy davlatlarda aksilterror oparetsiyalarini o‘tkazishga oid qonunni imzoladi
Olam
−
14 iyul 2022
19566Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin “Rossiya Federatsiyasi Qurolli Kuchlari, boshqa qo‘shinlari va organlarining xorijda aksilterror va boshqa operatsiyalarni o‘tkazishini ta’minlash to‘g‘risida”gi qonunni imzoladi. Hujjat huquqiy axborot rasmiy portalida e’lon qilindi.
Unga ko‘ra, Rossiyadan tashqarida operatsiyalarni amalga oshirishni ta’minlash uchun endi Vazirlar Mahkamasi iqtisodiy sohada maxsus chora-tadbirlarni joriy etish to‘g‘risida qaror qabul qilishi mumkin bo‘ladi. Qonun Rossiya Federatsiyasi hukumatiga iqtisodiy sohada maxsus chora-tadbirlarni joriy etish to‘g‘risida qaror qabul qilish huquqini beradi.
Qonun, shuningdek, davlat buyurtmachilariga – Mudofaa vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Rossiya gvardiyasi, FQX (Federal qo‘riqlash xizmati) va FXX (Federal xavfsizlik xizmati)ga tuzilgan shartnomalar bo‘yicha tovarlar va xizmatlar hajmini oshirish yoki kamaytirish imkonini beradi.
Bundan tashqari, Vazirlar Mahkamasining maxsus chora-tadbirlari bilan davlat zaxirasining moddiy boyliklarini hisobdan chiqarish, safarbarlik quvvatlari va obyektlarini vaqtincha qayta ishga tushirish nazarda tutilgan.
Yuridik shaxslar, ularning tashkiliy-huquqiy shakli va mulkchilik shaklidan qat’i nazar, maxsus chora-tadbirlar kiritilgan taqdirda, tovarlarni yetkazib berish, ishlarni bajarish, xizmatlar ko‘rsatish bo‘yicha shartnomalar, davlat shartnomalarini tuzish, Rossiya Federatsiyasi Qurolli Kuchlari, boshqa qo‘shinlar, harbiy tuzilmalar va organlarning Rossiya Federatsiyasi hududidan tashqarida terrorizmga qarshi kurash va boshqa operatsiyalarni o‘tkazishini ta’minlashni rad etishga haqli emas.
LiveBarchasi