Putinning AQSHga tashrifi hurmat belgisidir – Tramp

Olam

image

Oq uy rahbari Donald Tramp Rossiya Prezidenti Vladimir Putinning AQSHga tashrifi hurmat ifodasi ekanini aytdi. Bu haqda u kecha, 11 avgust kuni Oq uyda bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida so‘z ochdi.

Trampning so‘zlariga ko‘ra, bo‘ladigan uchrashuvning asosiy maqsadi – Ukrainadagi mojaroni to‘xtatish. Bu uchrashuv dastlabki bosqich bo‘lib, kelgusida kelishuv tuzish imkoniyatini aniqlashga xizmat qiladi. Shuningdek, AQSH Prezidenti Putin va Zelenskiy o‘rtasida uchrashuv tashabbusini ilgari surmoqchi.

“Putinning kelishuvga tayyor yoki yo‘qligini bilib olishim uchun ikki daqiqa yetarli. Keyin men Zelenskiyga qo‘ng‘iroq qilaman. Alyaskada u bo‘lmaydi – u shundoq ham juda ko‘p uchrashuvlarda bo‘ldi va bu hech qanday natija bermadi. Putin faqat men bilan gaplashadi. Men uning ko‘nglidagini bilib olaman va agar bu to‘g‘ri kelishuv bo‘ladigan bo‘lsa, uning shartlarini yevropaliklar va ukrainlarga yetkazaman. Keyin esa Zelenskiy va Putin uchrashadi men bilan yoki mening ishtirokimsiz. Katta ehtimol bilan bizni hududiy almashuv kutmoqda”, degan AQSH Prezidenti.

Rossiya va AQSH rahbarlarining sammiti joriy yilning 15 avgustida AQSHning Alyaska shtatida o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Muzokaralarda Ukrainada barqaror tinchlikka erishish yo‘llari muhokama qilinadi. Rossiya tomoni keyingi uchrashuvni bevosita Rossiyada o‘tkazishga umid bildirmoqda va bu taklif allaqachon AQSH Prezidentiga yetkazilgan.

OAVga ko‘ra, Putin bilan uchrashuvdan ikki kun oldin, 13 avgustda Tramp Vladimir Zelenskiy bilan telefon orqali muloqot o‘tkazadi. Unda Yevropa davlatlari vakillari ham ishtirok etishi kutilmoqda. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Tramp Vladimir Zelenskiy “biror narsani imzolashi” kerakligi va unga tayyor turishi shartligini aytgandi. Trampning ta’kidlashicha, Vladimir Putin ham, Zelenskiy ham “tinchlikni ko‘rishni” xohlaydi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Vladimir Putin Donal'd Tramp

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing