Putinniki ekani aytilgan saroyning asl xo‘jayini topildi

Olam

image
“Putin saroyi” qurilishi bo‘yicha yangi ma’lumotlar paydo bo‘ldi north_east

“Putin saroyi” qurilishi bo‘yicha yangi ma’lumotlar paydo bo‘ldi

Rossiya Prezidenti Vladimir Putinga tegishli ekani iddao qilinishi ortidan ko‘plab muhokamalarga sabab bo‘lgan Gelenjik shahridagi hashamatli saroyning asl xo‘jayini kimligi borasida yangi ma’lumotlar paydo bo‘ldi.

Rossiyalik milliarder Arkadiy Rotenberg saroyning benefitsiari ekanini ma’lum qildi. Bu haqda u Mash bosh muharriri bilan suhbatda aytib o‘tgan.

“Bu yetarlicha murakkab ob’ekt, u yerda ko‘pgina kreditorlar bor edi. Men uning benefitsiari bo‘lishga muvaffaqi bo‘ldim”, degan milliarder.

Arkadiy Rotenberg hashamatli saroyda yuqori toifali mehmonxona tashkil qilmoqchi.

Eslatib o‘tamiz, Rossiyada Korrupsiyaga qarshi kurash fondi asoschisi hamda muxolifat yetakchisi hisoblangan va ayni vaqtda panjara ortida bo‘lgan Aleksey Navalniy “Putin uchun saroy” nomli yirik surishtiruv filmini e’lon qilgandi. 

So‘ng, Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin Gelenjikdagi hashamatli saroy o‘zi yoki qarindoshlariniki emasligini ma’lum qilgandi. 

Rossiya Federatsiyasi Prezidentining Matbuot kotibi Dmitriy Peskov esa, Gelenjikdagi hashamatli uy bir yoki bir nechta ishbilarmonga tegishli ekanini aytgan.

"Forbes" jurnali ma’lumotiga ko‘ra, 2,8 mlrd dollarga teng. U Putinning do‘sti deb bilinadi. Arkadiy Rotenberg SGM Group va Mostotrest kabi Rossiyadagi eng yirik qurilish kompaniyalariga egalik qiladi.


Maqola muallifi

Teglar

Vladimir Putin

Baholaganlar

1794

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing