“Putin saroyi” qurilishi bo‘yicha yangi ma’lumotlar paydo bo‘ldi
Olam
−
29 yanvar 2021
15009Rossiya va xorijiy davlatlarda katta qiziqish uyg‘otgan, Vladimir Putinga tegishli ekani iddao qilingan Gelenjikdagi saroy haqida ijtimoiy tarmoqlarda yangi reportaj tarqaldi. Uni Mash Telegram kanali e’lon qildi.
Mash`ning Gelenjikdagi saroyning qurilish maydonidan tayyorlagan reportajidan ma’lum bo‘lishicha, bino qurilishning dastlabki bosqichida. Bu holatda u "bitta katta beton"ga o‘xshatilgan.
"Saroyga kelganlar darvozasi yo‘q kirish joyining guvohi bo‘ladi. Hech qanday podshoh burgutining nusxasi yo‘q. Joyni tasvirlash juda oddiy, u bitta katta beton", deyilgan reportajda.
Ommaviy axborot vositalari shuningdek, u yerda faqatgina ishchilar borligini aniqlagan.
Ularning hisob-kitoblariga ko‘ra, saroy qurilishi besh-olti yil ichida yakunlanadi.
Rossiya OAV Mash ijodkorlari qanday qilib Gelenjikdagi saroyning qurilish maydoniga bora olganidan hayratda ekanini yashirmayapti. Ammo buning javobi noma’lumligicha qolmoqda.
Ma’lumot uchun, Rossiyada Korrupsiyaga qarshi kurash fondi asoschisi hamda muxolifat yetakchisi hisoblangan va ayni vaqtda panjara ortida bo‘lgan Aleksey Navalniy “Putin uchun saroy” nomli yirik surishtiruv filmini e’lon qilgandi.
So‘ng, Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin Gelenjikdagi hashamatli saroy o‘zi yoki qarindoshlariniki emasligini ma’lum qilgandi.
Rossiya Federatsiyasi Prezidentining Matbuot kotibi Dmitriy Peskov esa, Gelenjikdagi hashamatli uy bir yoki bir nechta ishbilarmonga tegishli ekanini aytgan.
LiveBarchasi