Putin og‘ir kasal, uni Isroil shifokorlari davolayapti – siyosatshunos

Olam

image

Rossiyalik siyosatshunos Olga Kurnosova Ukraina Mudofaa vazirligi Razvedka Bosh boshqarmasining Putin og‘ir kasal bo‘lgani va hatto tez orada vafot etishi mumkinligi haqidagi ma’lumotlariga izoh berdi. U Kreml bunday ma’lumotni tasdiqlamasligini ta’kidladi, ammo davlat rahbari salomatligidagi muammolarni ko‘rsatadigan qiziq faktlar mavjud.

“Aslida, bu borada rasmiy munosabat bo‘lishi mumkin emas, biroq Peskov bundan mustasno (Kreml matbuot kotibi). U bu bema’nilikning haqiqatga hech qanday aloqasi yo‘qligini aytishda davom etmoqda. Kremlda Putinning Rojdestvo marosimida ishtirok etishi haqidagi tarqatilgan kadrlarga qarash kerak”, deydi Kurnosova.

Siyosatshunosga ko‘ra, hozir Putin bilan aynan nima bo‘layotganiga baho berish qiyin. Biroq Kurnosova Prezident qanday davolanishi bo‘yicha ma’lumotlarga egaligini ta’kidladi.

“Menimcha, Putin haqiqatan ham o‘zini yaxshi his qilmayapti. Lekin haqiqat shundaki, uni juda yaxshi davolashmoqda. Isroillik do‘stlarim menga aytganidek, Netanyaxuning Isroil Bosh vaziri sifatida hokimiyatga qaytishi Putinning Isroil tibbiyoti bilan munosabatlarini tikladi. Netanyaxu ketganida bu aloqalar uzilib qolgan edi. Uning genetik kodi, DNKsi hisobga olgan holda maxsus dori-darmonlar beriladi, bular juda qimmat hisoblanib, ularni faqat Isroilda tayyorlash mumkin. Putin yana mazkur muolajadan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ldi”, dedi Kurnosova.


Uning so‘zlariga ko‘ra, Putin vafotidan keyin Rossiya tranzitning og‘ir davriga duch keladi. Rossiya elitasi bu borada oldindan kelishib olmagan. 

“Shuning uchun biz Putinning o‘limi haqida tezda bilib olamiz, ular buni yashira olmaydi”, deydi u.

Eslatib o‘tamiz, Ukraina Bosh razvedka boshqarmasi boshlig‘i Kirill Budanov Rossiya Prezidenti Vladimir Putin uzoq vaqtdan beri saraton kasalligi bilan kurashayotgani va urush u vafot etishidan oldin tugashi mumkinligi haqida aytib o‘tgan edi.

Avvalroq, siyosatshunos Valeriy Soloviy ham Putin bir qator jiddiy xastaliklar, jumladan, saraton va xotira susayishi kabi kasalliklardan aziyat chekayotgani, shuningdek, unga Parkinson kasalligining dastlabki bosqichi tashxisi qo‘yilgani haqida ma’lum qilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Putin

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing