Putinni hibsga olishga order bergan sudya XJS raisi bo‘ldi

Olam

image

Yaponiyalik sudya Tomoko Akane Gaagadagi Xalqaro jinoiy sud (XJS)ning yangi raisi etib saylandi. Uning vakolat muddati 2027 yilgacha davom etadi. Bu haqda XJSning rasmiy veb-saytida ma’lum qilindi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Tomoko Akane Rossiya Prezidenti Vladimir Putin va bolalar ombudsmani Mariya Lvova-Belovani hibsga olishga order bergan uch sudyadan biri bo‘lgan. Akane yangi lavozimda polshalik sudya Pyotr Xofmanskiyning o‘rnini egalladi.

“Sud uchun ushbu qiyin vaziyatda barqaror, hamkorlikka asoslangan va uyushgan rahbarlik talab etiladi. Men sud organlari, himoyachilar va jabrlanuvchilar o‘rtasidagi muloqotni rivojlantirishga, shuningdek, ishtirokchi davlatlar va Rim statutini hali ratifikatsiya qilmagan davlatlar bilan muloqotini kuchaytirishga e’tibor qarataman. Shuningdek, sud xodimlarining xavfsizligi va farovonligiga ham ustuvor ahamiyat beraman”, deydi Tomoko Akane.

Ma’lumot uchun, XJS 2023 yilning martida Putin va Belovani hibsga olish uchun order chiqargan. Ular 2022 yil 24 fevraldan boshlab “Ukrainaning bosib olingan hududlaridan aholini va bolalarni Rossiyaga noqonuniy deportatsiya qilishda” ayblangan.

Javohir Yo‘ldashov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Putin XJS

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing