Putinga umr tilagan fransiyalik hibsga olindi
Olam
−
25 mart
11038Fransiyada erkak “Yashasin Putin”, “Makron firibgar” va “Makron aqldan ozgan psixopat” degan plakatlarni ijara uyining garajida saqlagani uchun hibsga olindi. Bu haqda 23 mart kuni “Le Figaro” nashri ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, 22 mart, juma kuni Fransiyaning Po shahrida 51 yoshli erkak Fransiya Respublikasi Prezidenti va uning rafiqasini haqorat qilgani uchun qo‘lga olingan. Erkak ijarada turgan uy egasi politsiyaga garajda Respublika Prezidentiga bag‘ishlangan bir nechta haqoratomuz plakatlar va Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putinni ulug‘lovchi shiorlar borligi haqida xabar bergan.
Sud-tibbiy ekspertizasi davomida hibsga olingan shaxsning aqli raso ekani aniqlangan. Prokurorning aytishicha, dastlabki tergov natijalariga ko‘ra, erkakdan faqat jarima undiriladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Armanistonda Bosh vazirni haqorat qilgan ikki muxolifatchi ushlangan edi.