Putinga qancha rossiyalik ishonadi?
Olam
−
05 avgust 2022
17361Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putinga mamlakat aholisining 78 foizi to‘liq ishonadi. Bu haqda RIA Novosti “Ijtimoiy fikr” jamg‘armasi o‘tkazgan so‘rov natijalariga tayanib, xabar berdi.
Tadqiqotga ko‘ra, respondentlarning 78 foizi Prezidentga ishonishini aytgan, 13 foizi “men davlat rahbariga ishonmayman” degan javobni tanlagan, yana 9 foizi javob berishga qiynalgan.
So‘rovnlarnoma ishtirokchilarining 79 foiziga ko‘ra, Rossiya yetakchisi o‘z lavozimida “ancha yaxshi” ishlaydi, 12 foizi esa “anchagina yomon” ishlaydi, deb hisoblaydi. Yana 9 foizi javob berishga qiynalgan.
Mazkur so‘rov joriy yilning 31 iyul kuni Rossiyaning 53 viloyatidagi 104 ta aholi punktida 18 va undan katta yoshdagi 1,5 ming respondent o‘rtasida o‘tkazilgan.
Ma’lumot uchun, Rossiyada 2000 yilning 26 mart kuni o‘tkazilgan prezidentlik saylovida Vladimir Vladimirovich Putin 51 foiz ovoz to‘plab, g‘alaba qozongan. 7 may kuni esa u o‘z vazifasiga kirishgan. Mana 22 yildirki u Rossiyani boshqarib kelyapti. Putin faqatgina 2008-2012 yillarda Prezident lavozimini egallamagan. Bu vaqtda Dmitriy Medvedev Prezident, Putin Bosh vazir bo‘lgan.
LiveBarchasi