Putindan Erdo‘g‘angacha. Dunyo yetkachilari Mirziyoyevni tabrikladi
Jamiyat
−
01 Sentabr 3199 3 daqiqa
O‘zbekiston mustaqilligining 34 yilligi munosabati bilan Prezident Shavkat Mirziyoyev nomiga xorijiy davlatlar, parlamentlar va hukumatlar, yetakchi xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar, yirik korporatsiya va kompaniyalar rahbarlari, taniqli siyosatchilar, jamoat va din arboblaridan samimiy qutlovlar kelmoqda. Bu haqda O‘zbekiston rahbarining matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, kelib tushayotgan maktublarda O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar strategiyasining natijalari, mintaqada do‘stlik, sheriklik va yaxshi qo‘shnichilik muhitini mustahkamlash, dunyo mamlakatlari bilan o‘zaro manfaatli hamkorlikni kengaytirishga qaratilgan pragmatik va konstruktiv tashqi siyosat yuqori baholanmoqda. Ijtimoiy-iqtisodiy sohalarda erishilgan yutuqlar, davlat va jamiyat hayotining barcha jabhalaridagi muvaffaqiyatlar, O‘zbekistonning xalqaro maydondagi nufuzi ortib borayotgani alohida qayd etilgan.
Ko‘p millatli O‘zbekiston xalqiga tinchlik-osoyishtalik, farovonlik va ravnaq tilaklari izhor etilgan.
Quyidagilar Shavkat Mirziyotevga o‘z tabrigini yo‘llagan:
- Rossiya Prezidenti Vladimir Putin;
- Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpin;
- Amerika Qo‘shma Shtatlari Prezidenti Donald Tramp;
- Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev;
- Qirg‘iziston Prezidenti Sadir Japarov;
- Tojikiston Prezidenti Imomali Rahmon;
- Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedov;
- Turkman xalqining milliy yetakchisi, Turkmaniston Xalq Maslahati Raisi Gurbanguli Berdimuhamedov;
- Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev;
- Belarusdan Aleksandr Lukashenko;
- Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an;
- Hindiston Bosh vaziri Narendra Modi;
- Misr Arab Respublikasi Prezidenti Abdulfattoh as-Sisi;
- Eron Islom Respublikasi Prezidenti Mas’ud Pezeshkiyon;
- Pokiston Islom Respublikasi Bosh vaziri Shahboz Sharif;
- Koreya Respublikasi Prezidenti Li Chje Myon;
- Yevropa kengashi Prezidenti Antoniu Koshta;
- Germaniya Prezidenti Frank-Valter Shtaynmayer;
- Italiya Prezidenti Serjo Mattarella;
- Armaniston Respublikasi Bosh vaziri Nikol Pashinyan;
- Saudiya Arabistoni Podshohi Salmon ibn Abdulaziz Ol Saud;
- Saudiya Arabistoni Valiahdi, Bosh vaziri Muhammad ibn Salmon Ol Saud;
- Pokiston Islom Respublikasi Prezidenti Asif Ali Zardariy;
- Birlashgan Arab Amirliklari Prezidenti Shayx Muhammad bin Zoid Ol Nahayon;
- Birlashgan Arab Amirliklari Vitse-prezidenti, Bosh vaziri, Dubay amirligi hokimi Shayx Muhammad bin Roshid Ol Maktum;
- Birlashgan Arab Amirliklari Vitse-prezidenti, Bosh vaziri o‘rinbosari, Prezident Administratsiyasi rahbari Shayx Mansur bin Zoid Ol Nahayon;
- Bolgariya Respublikasi Prezidenti Rumen Radev;
- Irlandiya Respublikasi Prezidenti Maykl Xiggins;
- Serbiya Respublikasi Prezidenti Aleksandr Vuchich;
- Sloveniya Respublikasi Prezidenti Natasha Pirs Musar;
- Slovakiya Respublikasi Prezidenti Peter Pellegrini;
- Latviya Respublikasi Prezidenti Edgars Rinkevichs;
- Chernogoriya Respublikasi Prezidenti Yakov Milatovich;
- Chexiya Respublikasi Prezidenti Petr Pavel;
- Shveysariya Konfederatsiyasi Prezidenti Karin Keller-Zutter;
- Estoniya Respublikasi Prezidenti Alar Karis;
- Gruziya Prezidenti Mixail Kavelashvili;
- Bosniya va Gersegovina Prezidiumi Raisi Jelko Komshich;
- Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Birlashgan Qirolligi Qiroli Charlz III;
- Yaponiya Imperatori Naruxito;
- Belgiyaliklar Qiroli Filipp;
- Ispaniya Qiroli Filipp VI;
- Marokash Podshohi Muhammad VI;
- Kambodja Podshohi Norodom Siamoni;
- Mo‘g‘uliston Prezidenti Uxnaagiyn Xurelsux;
- Singapur Respublikasi Prezidenti Tarman Shanmugaratnam;
- Vetnam Sotsialistik Respublikasi Prezidenti Liong Kiong;
- Tailand Podshohligi Bosh vaziri vazifasini bajaruvchi Pxumtxam Vechayachay;
- Falastin Davlati Prezidenti Mahmud Abbos;
- Afg‘onistondagi “Tolibon” muvaqqat hukumati bosh vaziri Muhammad Xasan Ohund;
- Shanxay hamkorlik tashkiloti bosh kotibi Nurlanbek Yermekbayev;
- Turkiy davlatlar tashkiloti bosh kotibi Kubanichbek Omuraliyev;
- Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi bosh kotibi Sergey Lebedev;
- Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti bosh kotibi Asad Xon;
- Islom hamkorlik tashkiloti bosh kotibi Husayn Ibroxim Toha;
- Islom dunyosi ta’lim, fan va madaniyat tashkiloti bosh direktori Salim al-Malik;
- BMT Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti bosh direktori Syuy Dun’yuy.
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr