Putin Zelenskiy bilan gaplashib olishga tayyor – Kreml

Olam

image

Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Turkiya yetakchisi Rajab Toyib Erdo‘g‘an bilan suhbatda Rossiya Federatsiyasi Ukraina bilan muzokaralarga tayyorligini, biroq vaziyat o‘zgargan sari ularning shartlari ham o‘zgarib borishini aytdi. Bu haqda bugun, 27 sentyabr kuni jurnalistlarga Rossiya Prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov ma’lum qildi

“Prezident, albatta, Rossiya muzokaralarga tayyorligini saqlab qolishini aytdi, biroq vaziyat o‘zgargan sari shartlar ham o‘zgarib bormoqda”, deydi Peskov. 

Kreml matbuot kotibi muzokaralar bo‘yicha prinsip o‘zgarmasligini qo‘shimcha qildi va Putin Erdo‘g‘anga Ukraina tomoni muzokara yo‘lidan ketayotganini ta’kidlaganini eslatdi. 

“Umuman olganda, prinsip o‘zgarmadi – “maxsus harbiy operatsiya”ning barcha maqsadlari yetish. Shuningdek, muloqotlarda Ukraina tomoni muzokaralar yo‘lidan butunlay chiqib ketgani, shu sababli “maxsus harbiy operatsiya” davom etayotgani aytildi”, deydi Peskov. 

Avvalroq Turkiya Tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavusho‘g‘li Erdo‘g‘an bilan Samarqandda bo‘lgan suhbatda Putin Kiyev bilan muloqotga qaytish imkoniyatini tan olganini ma’lum qilgandi.

Shuningdek, Turkiya Prezidenti kecha, 26 sentyabr kuni Anqarada Vazirlar Mahkamasi yig‘ilishida oldida turgan eng katta maqsadlaridan biri Rossiya va Ukraina Prezidentlari Vladimir Putin va Vladimir Zelenskiy o‘rtasida uchrashuv tashkil etish ekanini aytgandi


Maqola muallifi

Teglar

Vladimir Putin Rajab Toyib Erdo'g'an Vladimir Zelenskiy Rossiya-Ukraina urushi Ukrainaga bosqin

Baholaganlar

889

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing