Putin zaxiradagi xizmatchilarni harbiy tayyorgarlikka chaqirdi

Olam

image
0:00
0:00
download

Rossiya Prezidenti Vladimir Putin zaxirada bo‘lgan mamlakat fuqarolarini harbiy tayyorgarlikdan o‘tkazish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi. Tegishli hujjat huquqiy ma’lumotlarning rasmiy Internet portalida e’lon qilindi.

Farmonga binoan, hukumat va viloyat hokimiyatlariga muddatli harbiy xizmatga chaqirish hamda harbiy mashg‘ulotlar o‘tkazish bilan bog‘liq tadbirlarning amalga oshirilishini ta’minlash buyurilgan.

Hujjat rasmiy e’lon qilingan kunidan boshlab kuchga kiradi. Farmonga binoan, Rossiya Qurolli kuchlari va Federal xavfsizlik xizmatida harbiy o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkaziladi.

Mamlakatdagi harbiy vaziyat bo‘yicha holatni Donbassdagi vaziyat bilan bog‘lash mumkin. So‘ngi paytlarda ushbu hudud bilan chegarada rus harbiylari ko‘payib, mojaro qayta avj olmoqda. Bunga bir necha xorijiy davlat va tashkilotlar ham o‘z munosabatini bildirdi.

Qayta avj olgan harbiy harakatlar

Joriy yilning mart oyida Donbassdagi vaziyat yana keskinlasha boshladi. Bunga Ukrainaning NATOga qo‘shilish tomon qilgan harakatlari sabab bo‘lgani aytilmoqda. 

Ukraina ham, Rossiya ham ushbu mintaqaga chegaradosh bo‘lgan o‘zining hududiga harbiy kuchlarini to‘plamoqda. Bundan tashqari, Ukraina rahbari Zelenskiy harbiy tutashuv chizig‘iga borib, mudofaaning eng oldi pozitsiyalarida xizmat vazifasini o‘tayotgan harbiylar bilan suhbatda bo‘lib, ularga mukofotlar topshirgan.

O‘z navbatida Rossiya Ukrainaning NATOga qo‘shilishi Donbassdagi mojaroni hal qilmasligini ta’kidlagan. Boshqacha pozitsiya tutgan davlatlar ham yo‘q emas. Xususan, Turkiya va AQSH Ukrainaning ushbu harbiy blokka qo‘shilishini yoqlamoqda.

Keyinchalik,Germaniya kansleri Angela Merkel, Fransiya Prezidenti Emmanuel Makron va Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy Rossiya qo‘shinlarini Ukraina chegaralaridan olib chiqishga chaqirdi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

596

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing