Putin YeOIIda nafaqa ta’minoti to‘g‘risidagi bitim imzolanishini ma’qulladi

Olam

image

Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqiga a’zo davlatlar hududida xodimlarni nafaqa bilan ta’minlash to‘g‘risidagi bitim imzolanishini ma’qulladi. Tegishli farmoyish Rasmiy huquqiy axborot internet portaliga joylashtirildi.

Hujjat Oliy Yevrosiyo iqtisodiy kengashi yig‘ilishida imzolanishi mumkin.

Bitim kuchga kirganidan so‘ng, nafaqalar ushbu staj orttirilgan a’zo davlat tomonidan tayinlanadi va to‘lanadi.

Fuqaro nafaqa to‘lash to‘g‘risidagi ariza bilan yashab turgan mamlakatida murojaat qilishi mumkin.

YeOIIga a’zo davlatlar ishchilarining nafaqa ta’minoti to‘g‘risidagi bitim bo‘yicha ishlar bir necha yil davomida amalga oshirildi. Hozirda YeOIIga Rossiya, Armaniston, Belarus, Qozog‘iston va Qirg‘iziston unga a’zodir. 

Agar O‘zbekiston ham YeOIIga a’zo bo‘lsa, ushbu hujjat O‘zbekistonda ham amal qiladi. 


Maqola muallifi

Teglar

Vladimir Putin EOII

Baholaganlar

133

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing