Putin YeIga qarshi sanksiyalar muddatini uzaytirdi

Olam

image

Bugun, 24 iyun kuni Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin Yevropa Ittifoqi mamlakatlarida ishlab chiqarilgan mahsulotlarga nisbatan maxsus iqtisodiy taqiqlov choralarini 2020 yil 31 dekabrgacha uzaytirdi.

Vladimir Putin imzolagan farmonda maxsus iqtisodiy va majburlov choralari RFning milliy qarashlarini himoya qilish uchun uzaytirilgani ta’kidlangan.

YeI mamlakatlariga qarshi maxsus iqtisodiy choralar 2014 yil 6 avgustida joriy qilingan va to‘rt marta uzaytirilgan. Rossiya hukumatiga tegishli hujjatlarni Prezident farmoniga muvofiqlashtirish vazifasi yuklangan.

YeI 2014 yil yozida RFga qarshi sanksiyalar joriy qilgandi. Bunga Qrim yarimorolining anneksiya qilinishi sabab bo‘lgan. Rossiya bunga javoban sanksiya joriy qilgan mamlakatlardan mahsulot va xomashyo sotib olishni to‘xtatgan.


Maqola muallifi

Teglar

Vladimir Putin Evropa Ittifoqi sanktsiya

Baholaganlar

94

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing