Putin yana safarbarlik e’lon qilishi mumkinmi?

Olam

image

Rossiya Ukrainaga boshlagan bosqiniga bir yiil to‘lishi fonida ikkinchi bor safarbarlik e’lon qilishi mumkinmi? Federatsiyasi Prezidenti Matbuot kotibi Dmitriy Peskov bugun kun tartibiga chiqqan savollarga javob qaytardi. Uning ma’lum qilishicha, Rossiyada ikkinchi safarbarlik to‘lqini ehtimoli haqida ma’lumotlar yo‘q. Bu haqda TASS yozmoqda. 

“Yo‘q,  hech qanday ma’lumot yo‘q”, deydi Kreml vakili tegishli savolga javoban. 

2022 yil 28 oktyabr kuni Rossiya Mudofaa vaziri Sergey Shoygu Prezident Vladimir Putinga qisman safarbarlik yakunlangani haqida hisobot berdi. Shoyguning so‘zlariga ko‘ra, 300 ming kishi chaqirilgan, qisman safarbarlik doirasida qo‘shimcha vazifalar rejalashtirilmagan. 

O‘tgan yil oxirida Rossiya Prezidenti Vladimir Putinning shaxsan o‘zi yangi ehtimoliy safarbarlik to‘lqini haqidagi mish-mishlarni rad etdi. Uning fikricha, mavjud harbiy resurslar yetarli. Joriy yilning yanvar oyi oxirida Peskov ikkinchi safarbarlik to‘lqini ehtimoli haqidagi xabarlarning ishonchsizligi haqida ham gapirdi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya-Ukraina urushi Ukrainaga bosqin

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing