Putin yadro urushi hech qachon boshlanmasligi kerakligini aytdi

Olam

image

Rossiya yadro urushida g‘oliblar bo‘lmasligini biladi va uni hech qachon qo‘zg‘atmaslik kerak deb hisoblaydi. Bu haqda Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Yadro qurollarini tarqatmaslik to‘g‘risidagi shartnomaning amal qilishini ko‘rib chiqish bo‘yicha konferensiya ishtirokchilariga murojaatida aytib o‘tgan.

“Shartnoma ishtirokchi-davlati va uning depozitariylaridan biri sifatida Rossiya Shartnoma matni va ruhiga izchil amal qiladi. AQSH bilan tegishli qurollarni qisqartirish va cheklash bo‘yicha ikki tomonlama kelishuvlar bo‘yicha bizning majburiyatlarimiz ham to‘liq bajarildi. Biz davom etamiz.

Yadro urushida g‘oliblar bo‘lmasligi va u hech qachon qo‘zg‘atilishi kerak emasligidan kelib chiqib, biz jahon hamjamiyatining barcha a’zolari uchun teng va ajralmas xavfsizlik tarafdorimiz”, deydi Putin Kreml saytida e’lon qilingan bayonotda.

Prezidentning ta’kidlashicha, Rossiya MAGATE kafolatlar tizimiga Yadro qurollarini tarqatmaslik to‘g‘risidagi shartnomani tekshirish mexanizmiga katta ahamiyat qaratadi va uning ob’ektiv va texnik jihatdan asosli qo‘llanilishini ta’minlashni o‘ta muhim deb biladi”.

“Biz shartnoma talablariga rioya qilgan barcha davlatlar hech qanday qo‘shimcha shartlarsiz fuqarolik atom energiyasidan foydalanish huquqiga ega bo‘lishi kerakligiga ishonchimiz komil. Rossiya atom energetikasi sohasidagi tajribasini hamkorlar bilan baham ko‘rishga tayyor”, deydi Putin.

Rossiya rahbari konferensiya shartnomaga a’zo barcha davlatlar o‘z majburiyatlarini qat’iy bajarishga tayyorligini yana bir bor tasdiqlashiga umid bildirgan.


Maqola muallifi

Teglar

yadro urushi

Baholaganlar

253

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing