Putin va Tramp qachon uchrashishi mumkinligi aytildi

Olam

image
Vengriya Putinni hibsga oladimi? north_east

Vengriya Putinni hibsga oladimi?

Rossiya Prezidenti Vladimir Putin va AQSH Prezidenti Donald Trampning Vengriyadagi uchrashuvi ikki hafta ichida yoki “biroz keyinroq” bo‘lib o‘tishi mumkin. Bu haqda Rossiya Prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov ma’lum qildi.

Peskovning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya va AQSH rahbarlarining uchrashuvini tashkil etish jarayoni tez orada boshlanadi.

“Ha, uchrashuv ikki hafta ichida yoki biroz keyinroq bo‘lishi mumkin. Hozircha Prezidentlarning bu uchrashuvni o‘tkazishga siyosiy irodasi bor. Avvalo, bu masalani Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov va AQSH Davlat kotibi Marko Rubio muhokama qiladi. Ular avval telefon orqali gaplashadi, keyin uchrashadi va barcha tafsilotlarni bosqichma-bosqich ishlab chiqishadi”, deydi Peskov.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Donald Tramp Vladimir Putin bilan telefon orqali suhbatlashib, Vengriya poytaxti Budapeshtda uchrashuv o‘tkazishni rejalashtirayotganini ma’lum qilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Vladimir Putin Donal'd Tramp

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing