Putin va Rahmon Moskvadagi paradda... (fotoreportaj)

Olam 12416
image

Bugun, 9 may – Ikkinchi jahon urushidagi G‘alaba kuni munosabati bilan Rossiya poytaxti Moskvadagi Qizil maydonda parad bo‘lib o‘tdi.  

Rossiya rahbari Vladimir Putin G‘alabaning 76 yilligi munosabati bilan nutq so‘zladi. 

U nutqida G‘alaba kuni Rossiya uchun muqaddas bayram bo‘lganini va bundan keyin ham shunday bo‘lib qolishini ta’kidladi. 

Shuningdek, u dunyodagi natsizm mafkurasining aksariyati yana "xizmatga o‘tishga" urinayotganini ta’kidlagan va Rossiyaning o‘z milliy manfaatlarini qat’iy himoya qilishi va o‘z xalqining xavfsizligini ta’minlashiga ishontirgan. 

Vladimir Putin va unga hamroh bo‘lgan Tojikiston Prezidenti Imomali Rahmon Qizil maydonda joylashgan noma’lum askar qabriga gul qo‘ygan. 

Parad aviatsiya parvozi bilan yakunlangan. 

G‘alaba paradi tugagandan so‘ng, davlat rahbari an’anaviy ravishda Aleksandr bog‘idagi yodgorlik tomon yo‘l olgan, u yerda Prezident polkining askarlari davlat rahbari nomidan abadiy alangaga gulchambar o‘rnatgan. Xuddi shunday gulchambar Tojikiston rahbari nomidan ham o‘rnatilgan. 

Avvalroq, Moskvada Tojikiston va Rossiya Prezidentlari Imomali Rahmon hamda Vladimir Putin o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tgani haqida xabar bergandik.

Rushana Sultonova
Maqolaga baho bering
Baholaganlar: 311
Reyting: 3.1
Teglar
t
×