Putin va Merkel hamkorlikda vaksina ishlab chiqarish haqida gaplashdi 

Olam

image

Rossiya Prezidenti Vladimir Putin va Germaniya kansleri Angela Merkel telefon orqali o‘zaro muloqot jarayonida koronavirus infeksiyasiga qarshi vaksinani birgalikda ishlab chiqarishning istiqbollari to‘g‘risida gaplashdi. Bu haqda Kreml saytida xabar berilgan. 

“Vaksinalarni birgalikda ishlab chiqarish istiqbollariga e’tibor qaratilib, koronavirus pandemiyasiga qarshi kurashish bo‘yicha hamkorlik masalalari muhokama qilindi”, deyilgan xabarda. 

Shuningdek, ikki mamlakat rahbarlari ushbu mavzu bo‘yicha Rossiya Federatsiyasi va Germaniyaning Sog‘liqni saqlash vazirliklari hamda boshqa ixtisoslashtirilgan tuzilmalar o‘rtasida aloqalarni davom ettirishga qaror qilgan.

Qayd etilishicha, suhbat davomida Putin va Merkel Ukrainadagi inqiroz va uni tartibga solish masalasiga ham to‘xtalib o‘tgan. 

Shuningdek, Rossiya va Germaniya rahbarlari bir-birlarini Rojdestvo va Yangi yil bayramlari bilan tabriklagan.

Avvalroq, Angela Merkel Germaniyaning 16 federal viloyati rahbarlari bilan onlayn konferensiya o‘tkazib, koronavirusning tarqalishi davom etayotgani sababli lokdaunni uzaytirish to‘g‘risida kelishib olgani haqida xabar bergandik. 


Maqola muallifi

Teglar

Putin Merkel'

Baholaganlar

54

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing