Putin va Lukashenkoning uchrashuvi qancha davom etadi?

Olam

image

Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin va Belarus Respublikasi Prezidenti Aleksandr Lukashenko o‘rtasidagi uchrashuv qancha vaqt davom etadi? Ushbu savol bilan Kreml Matbuot kotibi Dmitriy Peskovga murojaat qilindi. 

Davlat rahbarlari uchrashuvi uchun qancha vaqt rejalashtirilgani haqidagi savolga javoban Kreml vakili: "Qancha vaqt talab qilsa, shuncha”, deya javob qaytargan.  

Peskovning so‘zlariga ko‘ra, rahbarlar o‘rtasida muzokaralar hali boshlanmagan. 

Lukashenko Sochiga bugun, 14 sentyabr kuni yetib keldi. Bu Belarus Prezidentining joriy 9 avgust kuni o‘tkazilgan saylovlardan so‘ng birinchi xorijiy safari.   

Sochida o‘tadigan muzokaralarda Rossiya-Belarus strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada rivojlantirishning asosiy masalalari muhokama qilinadi. Savdo-iqtisodiy, energetika, madaniy-gumanitar sohalarda yirik qo‘shma loyihalarni amalga oshirishga, shuningdek, Ittifoq davlati doirasidagi integratsiya jarayonlarini rivojlantirish istiqbollariga alohida e’tibor qaratish rejalashtirilgan.  

Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Matbuot kotibining so‘zlariga ko‘ra, uchrashuv yakunlari bo‘yicha hech qanday hujjatlarni imzolash rejalashtirilmagan.

Eslatib o‘tamiz, Putin va Lukashenko uchrashuvi yakkama-yakka bo‘lib o‘tadi. 


Maqola muallifi

Teglar

Vladimir Putin Rossiya-Belarus' Aleksandr Lukashenko

Baholaganlar

84

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing