Putin va Lukashenko o‘rtasidagi muzokara besh soat o‘tib yakunlandi

Olam

image_2021-07-13_21-53-55

Bugun, 13 iyul kuni Rossiya Prezidenti Vladimir Putin va Belarus Prezidenti Aleksandr Lukashenko o‘rtasida Sankt-Peterburg shahrida bo‘lib o‘tgan uchrashuv yakunlandi. Muzokaralar besh soatdan ko‘proq davom etdi.

O‘zaro suhbat davomida tomonlar iqtisodiy hamda xalqaro munosabatlardagi vaziyatga to‘xtalib o‘tgan. O‘z navbatida, Aleksandr Lukashenko G‘arb tomonidan davom etayotgan bosimga e’tibor qaratib, Belarus Rossiya bilan saqlanib qolgan aloqalar tufayli sanksiyalarga qarshi bardosh berayotganini ta’kidlagan.

Ma’lumot o‘rnida, Putin va Lukashenko o‘rtasidagi Sankt-Peterburda bo‘lib o‘tgan uchrashuv joriy yilning hisobiga to‘rtinchisi bo‘ldi. Bungacha ular fevral, aprel va may oylarida ko‘rishgan. Ushbu uchrashuvlarning barchasi Rossiya hududida bo‘lib o‘tdi. Bundan tashqari, Prezidentlar muntazam ravishda telefon orqali muloqot qiladi.


Maqola muallifi

Teglar

Sankt-Peterburg Rossiya Putin Belarus' Lukashenko

Baholaganlar

192

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing