Putin va Lukashenko muzokaralardan so‘ng sport bilan shug‘ullandi 

Olam

image

Avvalroq, Rossiya Prezidenti Vladimir Putin va Belarus rahbari Aleksandr Lukashenko o‘rtasida muzokaralar bo‘lib o‘tgani haqida xabar bergandik. 

Davlat rahbarlarining o‘zaro suhbatida ikki tomonlama iqtisodiy, siyosiy aloqalar, karantin vaqtida Rossiyaning qo‘shni Belarusga qilgan yordami hamda “Sputnik V” vaksinasi haqida so‘z borgandi. 

Ma’lumotlarga ko‘ra, Rossiya va Belarus Prezidentlari o‘rtasidagi uchrashuv olti soatdan ko‘proq davom etgan. 

Davlat rahbarlari kunduzi uch soatlar atrofida Krasnaya Polyanada muzokaralar o‘tkazgan. 

Muzokaralardan so‘ng ular chang‘i va snoubord bilan shug‘ullangan. 

Shuningdek, Belarus rahbari Putinga Belarus tovarlari savatini sovg‘a qilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Putin Lukashenko

Baholaganlar

127

Reyting

3.3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing