Putin va Lukashenko ikki davlat qo‘shilishi bo‘yicha 28 ta dasturni tasdiqladi

Olam

image

Rossiya Prezidenti Vladimir Putin va Belarus Prezidenti Aleksandr Lukashenko kecha, 9 sentyabr kuni Kremlda muzokara o‘tkazdi. Uchrashuvda Rossiya va Belarusning integratsiyalashuviga qaratilgan 28 ta hamkorlik dasturi kelishib olindi. 

Ta’kidlanishicha, joriy yil oxirigacha hamkorlik dasturlari Ittifoq davlati Oliy davlat kengashi yig‘ilishida tasdiqlanadi. Putinga ko‘ra, uchrashuv sanasi hali aniqlanmagan. 

“Biz umumiy makroiqtisodiy siyosat olib borishga, pul-kredit siyosatini uyg‘unlashtirishga, to‘lov tizimlarini birlashtirishga, axborot xavfsizligini ta’minlashga, bojxona va soliq sohasidagi hamkorlikni chuqurlashtirishga kelishib oldik. Barcha bilvosita soliqlarni uyg‘unlashtirish uchun yagona metodologiyani yaratishga va bu jarayonlarni nazorat qiladigan organni tuzishga kelishib oldik. Bu yagona sanoat siyosatiga o‘tish va davlat xaridlari va davlat buyurtmalariga o‘tish to‘g‘risida kelishishga imkon berdi”, degan Putin. 

Qayd etilishicha, dasturlarning matnlari hali chop etilmagan. Lukashenko ular tez orada nashr etilishiga ishontirgan. 

“Bu dasturlarda Rossiya va Belarus xalqlari uchun yomon narsa yo‘q va bo‘lishi ham mumkin emas. Hamma narsa odamlarning farovonligini oshirishga qaratilgan”, degan u. 

Putin, o‘z navbatida, kelajakda Rossiya va Belarus ittifoqi parlamenti tashkil etilishini istisno qilmagan. Ammo u, avvalo, integratsiyaning “iqtisodiy asosini” yaratish kerakligini qo‘shimcha qilgan. 

Ma’lumot o‘rnida, Rossiya va Belarus rasmiylari 1999 yildan beri ikki mamlakatning siyosiy integratsiyasini muhokama qiladi. O‘z navbatida, Belarus aholisi mamlakatning Rossiya bilan integratsiyasiga qarshi norozilik namoyishlari o‘tkazgan.


Maqola muallifi

Teglar

Putin Lukashenko

Baholaganlar

511

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing