Putin O‘zbekistondan avval Belarusga bordi (video)
Olam
−
24 may
6622Rossiya Prezidenti Vladimir Putin kecha, 23 may kuni tunda Belarus poytaxti Minskka ikki kunlik rasmiy tashrif bilan keldi.
Putinni Minsk aeroportida Belarus fuqarosi Aleksandr Lukashenko kutib oldi. Kreml matbuot xizmatining xabar berishicha, tashrif Belarus davlati rahbarining taklifiga binoan amalga oshirilmoqda.
Lukashenko matbuot xizmatiga ko‘ra, 24 may kuni davlat rahbarlarining muzokaralari Minskdagi Mustaqillik saroyida avval tor doirada, keyin esa kengaytirilgan tarkibda bo‘lib o‘tadi.
Tomonlar Belarus-Rossiya munosabatlarining butun majmuasi holati va rivojlanish istiqbollari – integratsiya kun tartibi va Ittifoq davlati Oliy Davlat kengashi tomonidan qabul qilingan qarorlarni amalga oshirish, siyosiy muloqot, qo‘shma savdo-iqtisodiy va hamkorlik loyihalarini ilgari surish, xavfsizlikni mustahkamlash, gumanitar sohadagi o‘zaro hamkorlik masalalarini muhokama qiladi.
Bundan tashqari, asosiy e’tibor an’anaviy tarzda xalqaro kun tartibi, mintaqadagi vaziyat, yuzaga kelayotgan xavf va tahdidlarga birgalikda javob berishga qaratiladi.
Belarusga tashrifi Putinning 7 may kuni yangi muddatga Rossiya Federatsiyasi Prezidenti lavozimiga kirishganidan keyingi ikkinchi xorijiy tashrifi bo‘lmoqda. Prezident ilk davlat tashrifini Xitoyga amalga oshirdi, 26-27 may kunlari esa O‘zbekistonga uchinchi tashrifini amalga oshiradi.
LiveBarchasi