Putin O‘zbekiston, Qozog‘iston va Belarus rahbarlariga telefon qildi

Olam

image

Bugun, 24 iyun kuni Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Qosim-Jomart To‘qayev, Shavkat Mirziyoyev va Aleksandr Lukashenko bilan telefon orqali muloqot qildi. Bu haqda Rossiya Prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov ma’lum qildi. 

"Prezident suhbatdoshlarini vaziyat haqida xabardor qildi", deydi Dmitriy Peskov.

Putin bilan suhbatdan so‘ng Qozog‘iston Prezidenti matbuot xizmati bayonot berib, Qosim-Jomart To‘qayev davom etayotgan voqealar Rossiyaning ichki ishi ekanini aytganini bildirdi. 

“Konstitutsiyaviy tuzum va qonun ustuvorligi mamlakatda qonuniylik va tartibni ta’minlashning ajralmas shartidir. Bu jamiyat xavfsizligi va uning muvaffaqiyatli rivojlanishi uchun asosdir”, deyiladi bayonotda. 

Qolgan davlat rahbarlari esa Putin bilan suhbatdan keyin hali bayonot bergani yo‘q.

Eslatib o‘tamiz,  bugun, 24 iyun kuni “Vagner” jangchilari Rostovdagi Janubiy harbiy okrug shtab-kvartirasini egallab olgandi. Moskvada ham xavfsizlik choralari kuchaytirildi. Buning ortidan Rossiya Mudofaa vazirligi “Vagner” hujum otryadlari jangchilariga, Prezident Vladimir Putin esa rossiyaliklarga murojaat bilan chiqdi. Shuningdek, O‘zbekistonning Rossiya Federatsiyasidagi elchixonasi Rossiyada bo‘lib turgan fuqarolarini ogohlantirdi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Putin Lukashenko Mirziyoev Vagner To'qaev

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing