Putin ukasini bo‘rilardan qutqaraman deb o‘lgan bolani mukofotladi
Olam
−
01 mart 2023
15916Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Dog‘istonning Sumadinskiy tumanida 2022 yil iyul oyida ukasini bo‘rilardan qutqarib halok bo‘lgan bolani vafotidan keyin “Halok bo‘lganlarni qutqarishdagi jonbozligi uchun” medali bilan taqdirladi. Davlat rahbarining bu haqdagi farmoni rasmiy huquqiy axborot portalida e’lon qilindi.
O‘ta og‘ir sharoitlarda odamlarni qutqarishdagi dadil va qat’iyatli harakatlari uchun Dog‘iston Respublikasidagi Magomedov Saidbeg Magomedovich nomidagi o‘rta ta’lim maktabi o‘quvchisi Ahmedov Ahmed Magomedovich vafotidan keyin “Halok bo‘lganlarni qutqarishdagi jonbozligi uchun” medali bilan bilan mukofotlansin”, deyiladi hujjat matnida.
Qayd etilishicha, voqea o‘tgan yilning 28 iyul kuni Sumadinskiy tumanidagi Kidero qishlog‘i yaqinida sodir bo‘lgan. U yerda o‘ynayotgan ikki bolaga bo‘rilar to‘dasi hujum qilgan. Bo‘rilar olti yoshli bolaga hamla qilganda, uning sakkiz yoshli akasi hayvonlarni haydab chiqarishga muvaffaq bo‘lgan. Ammo bolakay voqea joyida olgan jiddiy tan jarohatlaridan vafot etgan.
Buning ortidan Dog‘iston tabiiy resurslar vazirligi respublikada bo‘rilar sonini kamaytirish uchun mintaqaga bir guruh ovchilarni yuborgan. Amalga oshirilgan tadbirlar natijasida o‘ndan ortiq hayvonlar o‘ldirilgan. Barcha o‘ldirilgan hayvonlardan biomaterial namunalari olinib, laboratoriya tekshiruvlariga yuborilgan.
Eslatib o‘tamiz, BMTning Inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissari boshqarmasining so‘nggi ma’lumotlariga ko‘ra, Rossiya Ukrainaga bostirib kirgandan beri 8101 nafar tinch aholi halok bo‘lib, 13 479 nafar kishi yaralangan. Urush oqibatida 201 nafar qiz va 256 nafar o‘g‘il bola vafot etgan. 31 nafar bolaning jinsini aniqlashning imkoni bo‘lmagan.
LiveBarchasi