Putin To‘qayev rus tilini qo‘llayotgani uchun rahmat aytdi

Olam

image

Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Qozog‘iston rahbari Qosim-Jomart To‘qayevga Xalqaro rus tili tashkilotini tuzish taklifi uchun minnatdorlik bildirib, bu MDH mamlakatlari xalqlarini yanada yaqinlashtirishga xizmat qilishini ta’kidladi. Bu haqda u joriy yilning 9 noyabr kuni Qozog‘istonga rejalashtirayotgan tashrifi oldidan “Kazaxstanskaya pravda” gazetasiga bergan intervyusida so‘z ochgan. 

“Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayevga rus tili bo‘yicha xalqaro tashkilotni yaratish tashabbusi uchun minnatdorlik bildiraman”, deydi Putin. 

Uning so‘zlariga ko‘ra, MDHda Rus tili yili deb e’lon qilingan joriy yilda Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi sammitida shunday tuzilmani yaratish bo‘yicha yakuniy qaror qabul qilingani ramziy ma’noga ega. 

“Ishonchim komilki, bu xalqlarimizni yanada yaqinlashtirishda kuchli omil bo‘lib xizmat qiladi”, deydi Putin.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 13 oktyabr kuni Qirg‘iziston poytaxti Bishkekda bo‘lib o‘tgan MDH davlat rahbarlari sammitida rus tili Hamdo‘stlik davlatlari o‘rtasida millatlararo til sifatida tan olindi. Bishkekda o‘tgan sammitda MDH davlat rahbarlarining rus tilini millatlararo muloqot tili sifatida qo‘llab-quvvatlash va targ‘ib qilish to‘g‘risidagi bayoni imzolangan. Shuningdek, yig‘ilgan barcha davlat rahbarlari “Xalqaro rus tili tashkilotini ta’sis etish to‘g‘risida”gi shartnomaga ham e’tirozsiz imzo chekkan.


Maqola muallifi

Teglar

MDH rus tili Qosim-Jomart To'qaev Xalqaro rus tili tashkiloti

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing